MOLIYAVIY / QAYTIBBERILADIGAN LIZING BO’YICHA ARIZALARNI KO’RIB CHIQISH UCHUN ZARURIY HUJJATLAR RO’YXATI

Kompaniya xizmatlaridan foydalanish uchun Lizing oluvchining arizasi.

1. Nizom, Ta’sis shartnomasi;

2. Yillik balans va DSI organlari tomonidan tasdiqlangan Moliyaviy yil yakunlari to’g’risidagi hisobot; asosiy mablag’lar to’g’risida ma’lumotlar, kreditorlik / debitorlik qarzlari to’g’risida ma'lumotlar;

3. Vakolatli banklar tomonidan taqdim etilgan bank hisoblari, ssuda bo’yicha qarzdorlik va Kartoteka-2 ning mavjudligi, yil yakunlari bo’yicha hisoblar aylanmasi to’g’risidagi ma’lumotlar (boshqa kreditorlardan olingan qarz va kreditlar bo’yicha tasdiqlovchi xujjatlarni taqdim etish);

4. Soliq Inspeksiyasidan Davlat byudjetidan qarzdorlik mavjudligi/mavjud emasligi to’g’risida ma’lumotnoma;

5. Kompaniya faoliyati to’g’risida ma’lumot;

6. Lizing obyektini sotib olish uchun tijorat taklifi;

7. Auditorlik xulosasi;

8. Lizing obyekti Ishlab chiqaruvchisi / Sotuvchisi to’g’risida ma’lumot;

9. Aksiyadorlar (kompaniya ta’sischilari /egalari)ning lizing xizmatlaridan foydalanish va loyiha bo’yicha garov taqdim etishga roziligini tasdiqlovchi Qarori; 

10. Garovni kafolatlovchi obyektning rasmiy (qonuniy) xujjatlari;

11. Ish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xom-ashyo va materiallarni sotib olish bo’yicha ahdlashuv protokollari va shartnomalar;

12. Tayyor mahsulotlarni sotish / xizmatlar ko’rsatish bo’yicha ahdlashuv protokollari va shartnomalar;

13. Biznes reja/ loyiha bo’yicha TIA (ТЭО).

Qo’shimcha ravishda: «ALLIANCE-LEASING» kompaniyasi arizani ko’rib chiqish va keyinchalik uni loyiha ishlab chiqish uchun qabul qilish chog’ida tahlil etish va qaror qabul qilishda zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumot va xujjatlarni talab qilish huquqiga ega. Ariza beruvchi taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mas’ul hisoblanadi.

AVTOLIZING BO’YICHA ARIZANI KO’RIB CHIQISH UCHUN XUJJATLAR RO’YXATI

Kompaniya xizmatlaridan foydalanish uchun Lizing oluvchining arizasi.

1. Nizom, Ta’sis shartnomasi;

2. Yillik balans va DSI organlari tomonidan tasdiqlangan Moliyaviy yil yakunlari to’g’risidagi hisobot; asosiy mablag’lar to’g’risida ma’lumotlar, kreditorlik / debitorlik qarzlari to’g’risida ma'lumotlar;

3. Direktor pasporti nusxasi;

4. Direktor etib tayinlanganlik to’g’risida buyruq (muhr bosilib tasdiqlangan nusxa);

5. Imzo namunalari kartochkasi nusxasi;

6. Vakolatli banklar tomonidan taqdim etilgan bank hisoblari, ssuda bo’yicha qarzdorlik va Kartoteka-2 ning mavjudligi, yil yakunlari bo’yicha hisoblar aylanmasi to’g’risidagi ma’lumotlar (boshqa kreditorlardan olingan qarz va kreditlar bo’yicha tasdiqlovchi xujjatlarni taqdim etish);

7. Soliq Inspeksiyasidan Davlat byudjetidan qarzdorlik mavjudligi / mavjud emasligi to’g’risida ma’lumotnoma;

8. Kompaniya faoliyati to’g’risida ma’lumot;

9. Lizing obyektini sotib olish uchun tijorat taklifi;

10. Aksiyadorlar (kompaniya ta’sischilari / egalari)ning lizing xizmatlaridan foydalanish va loyiha bo’yicha garov taqdim etishga roziligini tasdiqlovchi Qarori;

11. Garovni kafolatlovchi obyektning rasmiy (qonuniy) xujjatlari.

Qo’shimcha ravishda: Lizing xizmatlaridan foydalanish uchun taqdim etilgan Arizani ko’rib chiqish chog’ida, avvalambor, bo’lajak lizing oluvchining joriy moliyaviy ahvoli, ariza topshirish paytida mazkur faoliyat sohasidagi ish tajribasi, shuningdek kelajakdagi lizing loyihasining hayotiyligi hisobga olinadi.

Qo’shimcha ravishda: «ALLIANCE-LEASING» kompaniyasi arizani ko’rib chiqish va keyinchalik uni loyiha ishlab chiqish uchun qabul qilish chog’ida tahlil etish va qaror qabul qilishda zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumot va xujjatlarni talab qilish huquqiga ega.

 

 

Onlayn so'rovnoma

Saytimizni qanday baholaysiz?

Aloqalar

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Bektemir shoh ko’chasi, 196 - uy
Telefon: (+99895) 144-47-04
Faks: (+99871) 231-96-06
E-mail: info@alliance-leasing.uz