Birinchi bosqich – Arizani to’ldirish

Mijozlarimizga qulaylik yaratish maqsadida “ALLIANCE-LEASING ” AJ bilan lizing shartnomasini imzolashdan avval lizing xizmatlaridan foydalanish uchun oldindan ariza yuborishni tavsiya etamiz.

Bu muhum: Buning uchun “dastlabki tahlil uchun” nomli Arizani Word formatida to’ldirib, uni bizning elekrton manzilimizga yuborish kerak: Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak.. Siz tomondan to’ldirilgan Ariza“ALLIANCE-LEASING ” AJ mutaxassislari tomonidan ko’rib chiqilib, loyihangizga dastlabki baho berish va lizing shartnomasini imzolash maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash imkonini beradi.

Ariza olingach, uch kun mobaynida “ALLIANCE-LEASING ” AJ mutaxassislari tomonlarning lizing bitimini tuzish uchun manfaatdorlik darajasini aniqlash maqsadida siz bilan bog’lanadilar. Shunday qilib, birinchi bosqichda mijozlarimiz Ariza to’ldirish orqali bizga qisqa ma’lumot taqdim etish bilan cheklanib, xujjatlar to’plamini tayyorlash hamda biz bilan uchrashishdan xalos bo’ladilar va shu bilan o’z vaqtlarini ham tejaydilar.

“ALLIANCE-LEASING ” XIZMATLARIDAN FOYDALANISH UCHUN ARIZA

Word formatida jadval ko’rinishida taqdim etilgan Arizani yuklab olib, uni e-mail orqali bizga yuborishingiz mumkin.

Ikkinchi bosqich – Mijoz tomonidan Xujjatlar to’plamini taqdim etish

Lizing bo’yicha loyihangizni keyingi bosqichda ko’rib chiqish uchun dastlab ma’qullangandan so’ng, siz zarur xujjatlar to’plamini tayyorlab, ularni bizga taqdim etasiz.  
Xujjatlar to’plami bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin – “Zaruriy xujjatlar ro’yxati”.

Mazkur ro’yxat umumiy ta’sis, moliyaviy va qonun xujjatlari to’plamini o’z ichiga oladi. 

Uchinchi bosqich – loyihani tahlil etish

Lizing oluvchi tomonidan yuqorida keltirilgan xujjatlar to’plami taqdim etilgan vaqtdan 7-14 kun mobaynida“ALLIANCE-LEASING ” AJ mutaxassislari Mijozning joriy va kelajakdagi ish faoliyati (biznesi)ni umumiy tahlildan o’tkazib, Lizing oluvchining kompaniyasiga tashrif  buyuradilar. Moliyalashtirish mo’ljallangan loyihaning tahlili o’tkazilib, mijozning lizing to’lovlarini o’z vaqtida va to’la hajmda amalga oshira olish layoqati baholangach, “ALLIANCE-LEASING ” AJ ushbu loyihani moliyalashtirish yoki asosli ravishda rad javobini berish haqida qaror qabul qiladi.

To’rtinchi bosqich – Lizing shartnomasini imzolash

Loyihani moliyalashtirish ma’qullangach, kompaniyamiz xizmatlaridan foydalanish uchun Oferta-Aksept xujjatini olasiz va “ALLIANCE-LEASING ” AJ bilan lizing shartnomsini imzolaysiz.
Agar sizda savollar paydo bo’lsa, kompaniyamiz mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin: (998-71) 194-7856, 235-4704, 235-5908, 235-7856, 267-3833

 

Onlayn so'rovnoma

Saytimizni qanday baholaysiz?

Aloqalar

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Bektemir shoh ko’chasi, 196 - uy
Telefon: (+99895) 144-47-04
Faks: (+99871) 231-96-06
E-mail: info@alliance-leasing.uz