Kun tartibidagi to’qqizinchi masala («Jamiyatning 2014 yil uchun daromadlarini taqsimlash») yuzasidan Yig’ilish raisi Yangayev R.K. so’zlari tinglandi, u Jamiyat daromadlari va zararlari to’g’risidagi hisobotga ko’ra, Jamiyatning 2014 yildagi faoliyati natijalari bo’yicha 583 453 362 so’m miqdoridagi sof foyda olinganligi haqida xabar berdi. Sof daromadning 5 foizini Jamiyatning zahira fondiga ajratish, 350 000 000 so’m miqdoridagi mablag’ni Jamiyat aksiyadorlariga dividendlar to’lash uchun yo’naltirish, bitta joylashtirilgan nomi ko’rsatilgan oddiy aksiya uchun dividendni 50 so’m miqdorida belgilash, Jamiyat faoliyatining 2014 yil yakunlariga ko’ra daromadning qolgan qismini taqsimlamay, Jamiyatning taqsimlanmagan daromadlari hisoblarida qoldirish taklif etildi. Shundan so’ng, Toshev A.T. so’zga chiqib, hozirgi

kunda 1 milliard so’mdan ziyodni tashkil etayotgan o’tgan yillardagi taqsimlanmagan daromadlarni kapitalizasiya qilish va aksiyalar qo’shimcha emissiyalarini chiqarish orqali taqsimlashni taklif qildi. Shu munosabat bilan kompaniya ustav fondini o’tgan yillardagi taqsimlanmagan daromadlarni kapitalizasiya qilish orqali ko’paytirish va ushbu masalani yaqin orada bo’lib o’tadigan Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi kun tartibiga kiritish taklif qilindi. So’ngra, Yangayev R.K. so’zga chiqib, Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi kun tartibi oldindan belgilanib, OAV da e’lon qilingani bois «Turonbank» ATB ning taklifi ko’rib chiqilishi mumkin emas va mazkur taklif «Turonbank» ATB tomonidan yozma taklif olinganidan so’ng keyingi Aksiyadorlar umumiy yig’ilishida muhokama qilinishi mumkinligini ta’kidlab o’tdi.

Ovoz berishga qo’yilgan masala:

2014 yil uchun Jamiyat faoliyati yakunlariga ko’ra sof daromadini quyidagi tartibda taqsimlash:

- Jamiyatning 2014 yildagi faoliyati yakunlari bo’yicha sof daromadidan 5% ni, ya’ni 29 172 668 so'mni Jamiyatning zahira fondiga ajratish;
- 350 000 000 so’m miqdoridagi mablag’ni Jamiyat aksiyadorlariga dividendlar to’lash uchun yo’naltirish, bitta joylashtirilgan nomi ko’rsatilgan oddiy aksiya uchun dividendni 50 so’m miqdorida belgilash;
- dividendlarni to’lovini amalga oshirishni boshlash sanasi - 15.05.2015 y., to’lovini amalga oshirishni yakunlash sanasi - 14.07.2015 y. deb belgilash;
- dividend to’lovini O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq naqd bo’lmagan pul mablag’lari bilan amalga oshirish. Jamiyat (tegishli soliqlar ushlab qolingan holda) aksiyadorlarning yozma shakldagi arizalariga ko’ra ularga dividendlar to’laydi;
- sof daromadning qolgan qismini aksiyadorlarning keyingi Umumiy yig’ilishida tegishli qaror qabul qilingunga qadar Jamiyatning taqsimlanmagan daromadlari hisoblarida taqsimlanmagan holda qoldirish.

Kun tartibidagi to’qqizinchi masala bo’yicha qaror Aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari – aksiyadorlarning oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

2014 yil uchun Jamiyat faoliyati yakunlariga ko’ra sof daromadini quyidagi tartibda taqsimlash:

- Jamiyatning 2014 yildagi faoliyati yakunlari bo’yicha sof daromadidan 5% ni, ya’ni 29 172 668 so'mni Jamiyatning zahira fondiga ajratish;
- 350 000 000 so’m miqdoridagi mablag’ni Jamiyat aksiyadorlariga dividendlar to’lash uchun yo’naltirish, bitta joylashtirilgan nomi ko’rsatilgan oddiy aksiya uchun dividendni 50 so’m miqdorida belgilash;
- dividendlarni to’lovini amalga oshirishni boshlash sanasi - 15.05.2015 y., to’lovini amalga oshirishni yakunlash sanasi - 14.07.2015 y. deb belgilash;
- dividend to’lovini O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq naqd bo’lmagan pul mablag’lari bilan amalga oshirish. Jamiyat (tegishli soliqlar ushlab qolingan holda) aksiyadorlarning yozma shakldagi arizalariga ko’ra ularga dividendlar to’laydi;
- sof daromadning qolgan qismini aksiyadorlarning keyingi Umumiy yig’ilishida tegishli qaror qabul qilingunga qadar Jamiyatning taqsimlanmagan daromadlari hisoblarida taqsimlanmagan holda qoldirish.

 

Onlayn so'rovnoma

Saytimizni qanday baholaysiz?

Aloqalar

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Bektemir shoh ko’chasi, 196 - uy
Telefon: (+99895) 144-47-04
Faks: (+99871) 231-96-06
E-mail: info@alliance-leasing.uz