Bo’lajak lizing oluvchilarga qo’yiladigan asosiy talablar:

- Ariza topshirish chog’ida Mijoz – lizing oluvchining biznes faoliyati bevosita mazkur faoliyat sohasida 1 yildan kam bo’lmagan davrni tashkil etishi zarur;

- Taqdim etilayotgan moliyaviy hisoboti asosida hisoblangan bo’lajak qarz oluvchining moliyaviy barqarorligi, likvidligi va to’lovga qodirligi 3 sinfdan oshib ketmasligi kerak, oldindan to’lov tizimi bo’yicha o’zaro hisob-kitob qilish asnosida ixtisoslashgan tarmoqda faoliyat yurituvchi, shunigdek davlat buyurtmalarini bajaruvchi kompaniyalar bundan mustasno;

- Bo’lajak qarz oluvchining umumiy aktivlari va «ALLIANCE-LEASING» AJ dan olinishi mo’ljallangan qarz mablag’lari miqdorining o’zaro nisbati lizing oluvchi korxonaning so’nggi hisobot sanasi uchun balans valyutasining 100 foizidan oshib ketmasligi kerak;

- Tahlil qilish jarayonida kreditlar yoki boshqa qarzlarning mavjudligi / mavjud emasligi, ularni to’lash muddatlari, shuningdek boshqa moliyaviy muassasalardagi kredit tarixi e’tiborga olinadi;

- Lizing oluvchi sud jaroyonida bo’lgan sud da’volari yuzasidan javobgar sifatida ishtirok etmasligi kerak.

Bitim bo’yicha qo’shimcha garov bilan ta’minlash zaruriyati har bir lizing oluvchining moliyaviy holati, shuningdek ko’rib chiqilayotgan loyiha bo’yicha ehtimoliy xatarlarga bog’liq holda aniqlanadi.
 
MOLIYALASHTIRISH SHARTLARI

1. Lizing oluvchilar:

- turli mulk shakllariga ega yuridik shaxslar
- avtolizing va mikrolizing bo’yicha xizmatlar ko’rsatish sohasidagi xususiy tadbirkorlar

2. Moliyaviy lizing obyektlari:

- ko’chmas mulk (hech kim yashamaydigan fond)*
- texnologik uskunalar
- maxsus texnika (qishloq xo’jaligi texnikasi bundan mustasno)
- avtotransport
* - faqat milliy valyutada

3. Lizing davri:

- moliyaviy / qaytib beriladigan lizing – 12 oydan 36 oygacha
- bo’lib to’lash uchun sotib olish – 3 oydan 12 oygacha
- avtolizing – 12 oydan 36 oygacha

4. Moliyalashtirish doirasi:

25,000* AQSH dollaridan 150,000* AQSH dollarigacha bo’lgan loyihalar moliyalashtiriladi.

* - Kompaniya Aksiyadorlik kapitali, shuningdek jalb etilgan mablag’lardagi o’zgarishlarga bo’g’liq holda moliyalashtirish doirasi ko’rib chiqilishi mumkin.

5. Lizing to’lovlarini amalga oshirish:

To’lovlar Mijoz xohishiga ko’ra bir oy, chorak yoki yarim yillik uchun oldindan milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin.


«ALLIANCE-LEASING» AJ KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK QILISHNING AFZAL JIHATLARI

- loyihani ko’rib chiqish va uni moliyalashtirish muddatining qisqaligi;

- lizing obyekti sug’urtasining «ALLIANCE-LEASING» AJ hisobiga qoplanishi, avtolizing shartlariga ko’ra lizing obyektlarini sug’urtalash bundan mustasno;

- lizing asosiy davri boshlangunga qadar moliyalashtirish boshlanishi (ochilishi) bilan «ALLIANCE-LEASING» AJ mablag’laridan foydalanish uchun oraliq to’lovlar va foizlarning mavjud emasligi;

- qonunchilikda ko’zda tutilgan imtiyozlar;

- olib kirilayotgan texnologik uskunalar QQS to’lovi va bojxona to’lovlaridan ozod qilinishi;

- lizing obyekti bo’yicha mol-mulk solig’ini to’lashdan ozod qilinishi;

- umumiy daromaddan ushlab qolish orqali tezkor amortizayani qo’llash imkoniyati.

Lizing oluvchining birlamchi sarf-xarajatlari

- 30% dan kam bo’lmagan lizing bo’yicha oldindan to’lov;

- Loyihani ishlab chiqish va menejment uchun vositachilik haqi – moliyalashtirish mablag’ining 3 foizi (%);

- Moliyalashtirishni boshlash (ochish) uchun bankning vositachilik haqi;

- pul o’tkazish uchun – Lizing beruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankning amaldagi tariflariga muvofiq ravishda;

- Akkreditiv ochish uchun - Lizing beruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankning amaldagi tariflariga muvofiq ravishda.

- Garov mulkini sug’urtalash, avtolizing holatida esa yo’l fondiga to’ovlarni amalga oshirish;

- Lizing obyektini sug’urtalash*
*- loyiha faqat avtolizing shartlariga ko’ra moliyalashtirilgan hollarda.

- Bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog’liq to’lovlar;

- Garov / ipoteka shartnomasini notariusda ro’yxatdan o’tkazish.

 

Onlayn so'rovnoma

Saytimizni qanday baholaysiz?

Aloqalar

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Bektemir shoh ko’chasi, 196 - uy
Telefon: (+99895) 144-47-04
Faks: (+99871) 231-96-06
E-mail: info@alliance-leasing.uz