Lizing oluvchi egalik qilayotgan mulkni sotish va sotib olish yo’li bilan lizing oluvchining aylanma kapitalini to’ldirish. Qaytib beriladigan lizing sxemasi orqali olingan mablag’lar, boshqa kreditorlardan olingan qarz va kreditlar bo’yicha qarzdorlik, shuningdek byudjetga to’lanadigan to’lovlardan tashqari, korxonaning har qanday ehtiyojlariga yo’naltirilishi mumkin. Qaytib beriladigan lizing faqat milliy valyutada amalga oshiriladi.

MOLIYALASHTIRSH SAHRTLARI

1. Moliyalashtirish sxemalari:

«ALLIANCE-LEASING» AJ LIZING OLUVCHI
I. LOYIHANI TO’LIQ MOLIYALASHTIRISH
100% Lizing to’lovini avans sifatida 3 oy oldin amalga oshirish

2. Foiz stavkasi:

Yillik 14-24% (stavka qat’iy belgilangan)

3. Lizing oluvchilar:

Davlat ulushi 25% dan ortiq bo’lmagan turli mulk shakllariga ega yuridik shaxslar

4. Qaytib beriladigan lizing obyektlari:

- ko’chmas mulk (hech kim yashmaydigan fond)

- texnologik uskunalar

- maxsus texnika (qishloq xo’jaligi texnikasi bundan mustasno)

5. Lizing davri:

12 oydan 36 oygacha

6. Moliyalashtirish doirasi:

25.000 AQSH dollaridan 150.000 AQSH dollarigacha* bo’lgan loyihalar moliyalashtiriladi.

* - «so’m» milliy valyutasiga teng miqdorda

7. Lizing to’lovlarini amalga oshirish:

To’lovlar Mijoz xohishiga ko’ra har oy, har chorak, yarim yillik uchun milliy valyutada amalga oshirilish mumkin.

8. Ta’minlash:

Ko’chmas mulk (bino / inshoot), likvid uskunalar yoki maxsus texnika, bank kafolati, uchinchi shaxslarning garovi / kafilligi, lizing to’lovlarini amalga oshira olmaslik bo’yicha moliyaviy xatarlarni sug’urta qilish.

 

Onlayn so'rovnoma

Saytimizni qanday baholaysiz?

Aloqalar

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Bektemir shoh ko’chasi, 196 - uy
Telefon: (+99895) 144-47-04
Faks: (+99871) 231-96-06
E-mail: info@alliance-leasing.uz