Xorijiy va milliy valyuta - so’mga xarid qilinadigan avtotransport vositalari (yengil va yuk mashinalari)ni sotib olishni moliyalashtirish. Faqat rasmiy dilerlardan avtotransport vositalarini sotib olish bo’yicha loyihalar ko’rib chiqiladi.

MOLIYALASHTIRISH SHARTLARI

1. Lizing oluvchilar:

- Davlat ulushi 25% dan ortiq bo’lmagan turli mulk shakllariga ega yuridik shaxslar

- xususiy tadbirkorlar

2. Quyidagilar lizing obyekti bo’lishi mumkin:

- milliy valyutaga sotib olinadigan avtotransport vositalari.

3. Foiz stavkasi:

Milliy valyuta «so’m»da:

- avans sifatida 50-80% to’lov amalga oshirilganda 18-20%

- avans sifatida 30-50% to’lov amalga oshirilganda 20-22%

Muayyan ulush ishtiroki bo’lgan hollarda (birgalikda moliyalashtirish) milliy valyuta «so’m»da:

- mablag’ning 30-50% qo’yilgan hollarda 18-20%

- mablag’ning 50-80% qo’yilgan hollarda 20-22%

EKV (erkin konvertasiyadagi valyuta) da:

- avans sifatida 80% to’lov amalga oshirilganda 18-20%

- avans sifatida 50% to’lov amalga oshirilganda 20-22%

- avans sifatida 30% to’lov amalga oshirilganda 22-26%

(stavka qat’iy belgilangan)

4. Lizing davri:

12 oydan 24 oygacha.

5. Moliyalashtirish doirasi:

7.000 AQSH dollaridan 70.000 AQSH dollarigacha* bo’lgan loyihalar moliyalashtiriladi.

* - «so’m» milliy valyutasiga teng miqdorda

6. Lizing to’lovlarini amalga oshirish:

To’lovlar Mijoz xohishiga ko’ra har oy, har chorak, yarim yillik uchun milliy valyutada amalga oshirilish mumkin.

7. Ta’minlash:

Butun lizing shartnomasi davri mobaynida avtotransport vositalari uchun egalik huquqi Lizing Kompaniyasi ihtiyorida bo’ladi.

 

Onlayn so'rovnoma

Saytimizni qanday baholaysiz?

Aloqalar

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Bektemir shoh ko’chasi, 196 - uy
Telefon: (+99895) 144-47-04
Faks: (+99871) 231-96-06
E-mail: info@alliance-leasing.uz