foto1
Muvaffaqiyatga hamkorlik orqali!
foto1
Lizing texnikasi kichik va o'rta biznesga ko’makdir
foto1
Biz Sizning biznesingiz muvaffaqiyati uchun eng qisqa yo'l
foto1
Minimal xavf bilan maksimal maqsad sari
foto1
Hozirgi zamonni rivojlantirib, kelajakni shakllantiramiz

Xush kelibsiz!

Hurmatli xonimlar va janoblar, hamda kompaniyamiz hamkorlari va mijozlari!

Saytimizga tashrif buyurganingizdan bag’oyat xursandmiz. Uni ishlab chiqish jarayonida xizmatlarimiz haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etish va ularni imkon qadar hammabop bo’lishi uchun biz barcha sa’y-harakatlarimizni ishga soldik.

«ALLIANCE-LEASING» AJ – bu universal lizing kompaniyasi bo’lib, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini barqaror yuritayotgan korxonalar bilan o’zaro hamkorlik qilish maqsadida ularga lizing berish bo’yicha o’z moliyaviy xizmatlarini taklif etadi.

Bizning kompaniyamiz – bu kuchli boshqaruvga ega bir jamoa bo’lib, hatto eng oddiy g’oyani katta muffaqiyatlarga eltuvchi g’oyaga aylantira oladi. Shunday ekan, orzuingiz ro’yobini bizga qo’yib bering.

Bizning jamoamiz siz hozirgi kunda ehtiyoj sezayotgan jihatlarni e’tiborga oladi. Chunki kompaniyamiz faoliyati lizing oluvchilarga tez va samarali xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan. Ijodiy yondashuv va yangicha fikrlash tarzi biznesingiz rivoji uchun turtki berishi shubhasiz. Erishilgan marralarda to’xtab qolmang – olg’a yuring – biz bilan qadam tashlang va sizga albatta omad kulib boqadi! Biz sizga ishonamiz – birgalikda esa biz katta kuchmiz!

Jamoamiz mutaxassislari biznesingiz yanada gullab-yashnashi yo’lida barcha niyat va maqsadlaringizni ro’yabga chiqarishga yordam beradilar. Bizning shiorimiz – bu har bir mijozga e’tiborli munosabatda bo’lish.

Sizning muvaffaqiyatingiz – bu bizning muvaffaqiyatimiz.

Bizning shiorimiz:

MUVAFFAQIYATGA HAMKORLIK ORQALI!

Biz iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun intilayotgan, o’z loyihalarini amalga oshirish maqsadida bizning moliyaviy ko’magimizga ehtiyoj sezayotgan va iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yangi hamkorlar va mijozlarlarni hamhorlikka chorlaymiz.

Umid qilamizki, saytimizga qilgan tahrifingiz o'zaro manfaatli hamkorlik va taraqqiyot yo’lidagi ilk qadam bo’lib xizmat qiladi.

Hurmat bilan,

«ALLIANCE-LEASING» AJ



Moliyaviy lizing

Mulkka egalik qilish huquqining keyinchalik Lizing oluvchiga o’tishi bilan Lizing beruvchi mablag’lari hisobiga ko’chuvchi va ...

Batafsil

Qaytib beriladigan lizing

Lizing oluvchi egalik qilayotgan mulkni sotish va sotib olish yo’li bilan lizing oluvchining aylanma kapitalini to’ldirish.

Batafsil

Ko’chmas mulk lizingi

Ko’chmas mulk lizingi – moliya bozoridagi nisbatan yangi mahsulot hisoblanadi.

Batafsil

Avtolizing

Xorijiy va milliy valyuta - so’mga xarid qilinadigan avtotransport vositalari (yengil va yuk mashinalari)ni sotib olishni moliyalashtirish.

Batafsil

O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 31 iyulda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2015 yil 6 avgustda ma’qullangan

 1-modda. O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «»gi 285–XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan 77–II-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 148-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 410-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda) quyidagi qo’shimchalar va o’zgartish kiritilsin:

1) 15-moddaning ikkinchi qismi «» degan so’zlardan keyin «shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ulardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olishga» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

2) 17-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to’ldirilsin:

«eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning to’liq ro’yxatini belgilash»;

sakkizinchi o’n birinchi xatboshilari tegishincha to’qqizinchi o’n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.

2-modda. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi 734–XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan 78–II-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 149-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 9, 417-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) quyidagi qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilsin:

1) 19-moddaning uchinchi qismi «» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

2) 21-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda ko’pi bilan bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o’tkazadi. Mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kiruvchi auditorlik tashkilotlarida tekshiruv rejali tartibda faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan to’rt yilda ko’pi bilan bir marta o’tkaziladi»;

3) 22-moddaning to’rtinchi qismidagi «o’n kun muddat» degan so’zlar «uch kun muddat» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

3-modda. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Garov to’g’risida»gi 736–XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasining 
1998 yil 1 mayda qabul qilingan 614–I-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 96-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 156-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda) quyidagi qo’shimchalar kiritilsin:

1) 19-moddaning to’rtinchi qismi «o’z belgilari va muhrlarini» degan so’zlardan keyin «(muhrlar mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

2) 36-moddaning uchinchi qismi «muhri bosilgan holda» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

4-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Bankrotlik to’g’risida»gi 1054–XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasining 
2003 yil 24 aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 5, 63-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 414-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda; 2011 yil, № 10, 270-modda; 2012 yil, № 12, 334-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda) quyidagi qo’shimchalar kiritilsin:

1) 92-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi uchinchi jumla «muhrlari va shtamplari» degan so’zlardan keyin «(muhrlar va shtamplar mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

2) 128-modda oltinchi qismining birinchi jumlasi «muhr va shtamplari» degan so’zlardan keyin «(muhrlar va shtamplar mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

5-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlanganO’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 156-modda uchinchi qismi dispozitsiyasining «g» bandidagi «mas’ul» degan so’z chiqarib tashlansin;

2) 180-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi»;

3) 181-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi»;

4) 184-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanktsiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o’rnini to’liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi»;

5) 1841-moddaning to’rtinchi qismi chiqarib tashlansin;

6) 188-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«188-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati

Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro’yxatidan o’tmasdan juda ko’p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish,–

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

7) 189-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari chiqarib tashlansin;

8) quyidagi mazmundagi XIII1 bob bilan to’ldirilsin:

«XIII1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog’liq jinoyatlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar

1921-modda. Xususiy mulk huquqini buzish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo’li bilan ularga zarar etkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo’lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qo’yish yoxud uni o’z mol-mulkiga bo’lgan huquqidan voz kechishga majburlash, talon-toroj alomatlari mavjud bo’lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

1922-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o’tkazish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

1923-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

1924-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini pul mablag’larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog’liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi.

1925-modda. Litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish

Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

1926-modda. Imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish

Tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

1927-modda. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag’lari berishni asossiz ravishda kechiktirish

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o’zga to’lovlarni to’lash uchun pul mablag’lari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

1928-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish

Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni talab qilib olish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

1929-modda. Tijoratda pora evaziga og’dirib olish

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o’z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o’z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran;

b) ko’p miqdorda;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran;

b) ko’p miqdorda;

v) tamagirlik yo’li bilan;

g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti pora evaziga og’dirib olishni amalga oshirgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so’rab tovlamachilik qilingan bo’lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o’ttiz sutka ichida o’z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko’ngildan pushaymon bo’lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo’lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

19210-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og’dirib olish

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o’z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti xizmatchisining o’z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

19211-modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o’z vakolatlarini suiiste’mol qilish

Mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, ya’ni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o’z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga sabab bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakat:

a) juda ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi»;

9) 205-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o’z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga sabab bo’lsa»;

ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O’sha harakat:

a) juda ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa»;

10) 206-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o’ziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga sabab bo’lsa»;

ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O’sha harakat:

a) juda ko’p miqdorda zarar etkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa»;

11) 2061-modda chiqarib tashlansin;

12) 207-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o’z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo’lishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga sabab bo’lsa»;

13) 208-moddaning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Hokimiyat harakatsizligi, ya’ni davlat organi mansabdor shaxsining o’z xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo’lgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga sabab bo’lsa, xuddi shuningdek bunday harakatsizlik jinoyatga yo’l qo’ygan holda sodir etilgan bo’lsa»;

14) 209-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mansab soxtakorligi, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsining g’arazgo’ylik yoki boshqa manfaatlarni ko’zlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar etkazilishiga sabab bo’lsa»;

15) 210-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o’zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo’lishi»;

uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Pora olish:

a) juda ko’p miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa»;

16) 211-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish»;

uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Pora berish:

a) juda ko’p miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa»;

17) 212-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Pora olish-berishda vositachilik qilish:

a) haq evaziga;

b) juda ko’p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;

v) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa»;

18) 213-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«213-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og’dirib olish

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210–212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko’p miqdorda;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so’rab tovlamachilik qilingan bo’lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o’ttiz sutka ichida o’z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko’ngildan pushaymon bo’lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo’lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi»;

19) 214-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi

Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi xizmatchisining o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) ancha miqdorda;

b) tamagirlik yo’li bilan sodir etilgan bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210–212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko’p miqdorda;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

g) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shaxsga nisbatan tamagirlik yo’li bilan sodir etilgan bo’lsa, –

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, –

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

20) sakkizinchi bo’lim:

«Mansabdor shaxs» atamasining huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mansabdor shaxs – doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo’yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo’jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs»;

«Mas’ul mansabdor shaxs» degan atama chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi atamalar bilan to’ldirilsin:

«Davlat ishtirokidagi tashkilot –

1) ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lgan tijorat tashkiloti;

2) to’liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti.

Xizmatchi – davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo’lmagan shaxs».

6-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlanganO’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda) quyidagi o’zgartishlar va qo’shimcha kiritilsin:

1) 290-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mol-mulkni xatlash surishtiruvchining yoki tergovchining qarori bo’yicha prokuror roziligi bilan yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli bo’lgan sudning ajrimi bo’yicha amalga oshiriladi. Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda mol-mulkni xatlash prokurorning roziligisiz ham amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik yigirma to’rt soat ichida prokuror qaror va bayonnoma nusxasi ilova qilingan holda xabardor qilinadi. Kechiktirib bo’lmaydigan holatlar surishtiruvchining yoki tergovchining prokurorga yuborilgan xabarnomasida asoslantirilishi lozim»;

2) 333-moddaning birinchi qismidagi «3–7» raqamlari «3–8» raqamlari bilan almashtirilsin;

3) 345-moddaning ikkinchi qismi «1841» raqamidan keyin «1921–19211» raqamlari bilan to’ldirilsin.

7-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlanganO’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 15-modda:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo’yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo’jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb e’tirof etiladi»;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish ko’rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o’z vakolatlari doirasida ko’pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo’lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo’lgan shaxs hokimiyat vakili deb e’tirof etiladi»;

2) 25-moddaning to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko’p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa – o’n baravaridan oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun fuqaro va xizmatchilarga – eng kam ish haqining yuz baravarigacha va mansabdor shaxslarga – bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin»;

3) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish bu ashyoni haq to’lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o’tkazishdan iborat bo’lib, bu chora tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudyasi tomonidan qo’llaniladi. Agar O’zbekiston Respublikasining qonunlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, huquqbuzarning shaxsiy mulki bo’lgan ashyogina musodara qilinishi mumkin»;

4) quyidagi mazmundagi 611-modda bilan to’ldirilsin:

«611-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og’dirib olish

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o’z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, –

eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti xizmatchisining o’z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi, –

eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo’lmagan shaxs tushuniladi»;

5) 164-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini ko’p miqdordagi qiymatda buzish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining o’n baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi»;

uchinchi va to’rtinchi qismlari tegishincha to’rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Ancha miqdor deganda eng kam ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo’lgan doiradagi, ko’p miqdor deganda esa, eng kam ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo’lgan doiradagi miqdor tushuniladi»;

6) 1752-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

7) 176-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«176-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati

Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro’yxatidan o’tmasdan amalga oshirish, –

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, –

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining etti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ko’p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, –

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining o’n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs noqonuniy tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad davlatga ixtiyoriy ravishda to’langan, shuningdek tadbirkorlik sub’ektini belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazish amalga oshirilgan taqdirda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinmagan holda javobgarlikdan ozod qilinadi»;

8) quyidagi mazmundagi 1931 va 1932-moddalar bilan to’ldirilsin:

«1931-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og’dirib olish

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, –

eng kam ish haqining o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:

ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lgan tijorat tashkiloti;

to’liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo’lmagan shaxs tushuniladi.

1932-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi

Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi xizmatchisining o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o’ziga og’dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi, –

eng kam ish haqining o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:

ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lgan tijorat tashkiloti;

to’liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo’lmagan shaxs tushuniladi»;

9) 2411 va 2412-moddalar chiqarib tashlansin;

10) ikkinchi bo’lim quyidagi mazmundagi XVI1 bob bilan to’ldirilsin:

«XVI1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik

2411-modda. Xususiy mulk huquqini buzish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo’li bilan ularga zarar etkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo’lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qo’yish yoxud uni o’z mol-mulkiga bo’lgan huquqidan voz kechishga majburlash, oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud bo’lmagan taqdirda, –

eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2412-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya -xo’jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o’tkazish, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2413-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2414-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini pul mablag’lari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog’liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, –

eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2415-modda. Litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish

Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, –

mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2416-modda. Imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish

Tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish, –

mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2417-modda. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag’lari berishni asossiz ravishda kechiktirish

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o’zga to’lovlarni to’lash uchun pul mablag’lari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, –

eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2418-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish

Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni talab qilib olish, –

mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2419-modda. Davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini buzish

Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va muddatlarini buzish, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi va muddatlarini buzish, xuddi shuningdek davlat xizmati ko’rsatishni g’ayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni ko’rsatishdan bo’yin tovlash, –

mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, –

mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

24110-modda. Tadbirkorlik sub’ektlaridan qonun hujjatlarini buzgan holda hujjatlar talab qilib olish

Tadbirkorlik sub’ektlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek o’zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag’ini ochishda ortiqcha hujjatlarni talab qilib olish, xuddi shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, –

mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, –

mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

24111-modda. Ko’chmas mulkni buzib tashlash tartibini buzish

Olib qo’yilayotgan er uchastkasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni zararning o’rnini mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo’yicha oldindan va to’liq qoplamagan holda buzib tashlash, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi»;

11) 245-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ma’muriy ishlar bo’yicha sudyalar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 471, 472, 473, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xo’jaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 119-moddasining ikkinchi qismida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining to’rtinchi qismida, 1281-moddasining ikkinchi qismida, 1282-moddasining uchinchi qismida, 1283-moddasining to’rtinchi va beshinchi qismlarida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 1285-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog’och ko’priklardan 100 metrgacha bo’lgan masofada olov yoqqanlik, taxta to’shamali ko’priklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 1551, 157, 158, 159-moddalarida, 160-moddasining birinchi qismida, 161, 163, 1631-moddalarida, 164-moddasining ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 1764, 177, 179, 1792, 1793, 1795, 180, 181, 182, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 186, 1861-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 1881, 1882, 189, 1891, 190, 191, 193, 1931, 1932, 194, 195, 196, 1961, 197, 1971, 1972, 198, 1983, 199, 200, 2001, 201, 202, 2021, 203, 2031, 204, 205, 206, 207, 208, 209, 210, 2152, 216, 217, 218, 2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 2241, 2242, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi – to’rtinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714, 22715, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etishga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun qo’yilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 2391, 240, 241, 2411–24111-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqadi»;

12) 262-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bojxona organlarining boshliqlari va ularning o’rinbosarlari bojxona organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo’llashga haqlidir»;

13) 264-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat soliq organlariga, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo’linmalariga ushbu Kodeks 1591-moddasida, 160-moddasining ikkinchi qismida, 164-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida, 168, 171, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi, oltinchi va ettinchi qismlarida, 1754, 1755, 1762, 1791, 2153-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar taalluqlidir»;

14) 271-modda quyidagi mazmundagi 10-band bilan to’ldirilsin:

«10) huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda shaxsni javobgarlikdan ozod etish ushbu Kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan bo’lsa»;

15) 287-moddaning:

1-bandidagi «164-moddasining uchinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida» degan so’zlar «164-moddasining to’rtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

8-bandidagi «164-moddasining uchinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida» degan so’zlar «164-moddasining to’rtinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

16) 288-moddaning uchinchi qismidagi «164-moddasining uchinchi qismida» degan so’zlar «164-moddasining to’rtinchi qismida» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

17) 305-moddaning ikkinchi qismidagi «164-moddasining ikkinchi qismida» degan so’zlar «164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

18) 339-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish to’g’risidagi qaror ijro etilganidan so’ng sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash to’g’risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan ma’muriy ishlar bo’yicha sudyaga yuboradi».

8-modda. O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, № 2, 65-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda) quyidagi qo’shimchalar kiritilsin:

1) 15-moddasi quyidagi mazmundagi 4-band bilan to’ldirilsin:

«4) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan Yakka tartibdagi tadbirkorlar»;

2) 74-moddaning beshinchi qismi «korxona muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

9-modda. O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 
163–I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 72-moddaning birinchi qismidagi «davlat organining» degan so’zlar «O’zbekiston Respublikasi Hukumatining» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

2) 107-moddaning beshinchi qismi «muhr bosib» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

3) 138-moddaning birinchi qismi «ushbu yuridik shaxsning muhri» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

4) 206-modda:

birinchi qismidagi «bunda mulkdorga olib qo’yilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi» degan so’zlar «bunda mulkdorga olib qo’yilgan mol-mulkka teng qimmatli mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to’ldirilsin:

«Olib qo’yilayotgan er uchastkasidagi uylarning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki ekinlarning, shuningdek er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymatini aniqlash belgilangan tartibda baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinganda olib qo’yilayotgan mol-mulkning va er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymati bevosita ushbu mol-mulkni olib qo’yishdan oldingi holatga ko’ra yoki kelgusida olib qo’yilishi haqidagi xabar mol-mulkning va er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymatiga ta’sir qilgan paytdagi holatga ko’ra baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadi.

Olib qo’yilayotgan er uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki ekinlarni buzib tashlashga zararlarning o’rni bozor qiymati bo’yicha oldindan va to’liq qoplanguniga qadar yo’l qo’yilmaydi»;

ikkinchi qismi to’rtinchi qism deb hisoblansin;

5) 269-moddaning uchinchi qismi «va muhrlangan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

6) 288-moddaning to’rtinchi qismi «o’z belgilari va muhrlarini» degan so’zlardan keyin «(muhrlar mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

7) 909-moddaning uchinchi qismi «va tovar omborxonasining muhri» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

10-modda. O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi 220–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5–6, 58-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 410-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda; 2009 yil, № 9, 338-modda) 25-moddasining:

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi va to’rtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin.

11-modda. O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «»gi 223–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 mayda qabul qilingan O’RQ370-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 5, 128-modda) 67-moddasining uchinchi qismi «muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

12-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat bojxona xizmati to’g’risida»gi 472–I-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 230-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda, № 12, 657-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 5-modda birinchi qismining:

o’ninchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

o’n birinchi va o’n ikkinchi xatboshilari tegishincha o’ninchi va o’n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 7-modda beshinchi qismining uchinchi va to’rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berilgan, o’z muddatida to’lanmagan bojxona to’lovlari va bunday to’lovlarni to’lash muddati o’tkazib yuborilganligi uchun penya summalarini xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan so’zsiz tartibda undirib olish to’g’risidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar;

ushbu modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning so’mlardagi mablag’lari etishmasa va valyuta hisobvaraqlarida mablag’lari mavjud bo’lsa, bojxona organlarining taqdimnomasiga ko’ra valyuta birjasida mazkur valyuta mablag’larini byudjet oldidagi qarzni to’lash uchun zarur hajmlarda sotishni sotish kunidagi kurs bo’yicha amalga oshiradilar».

13-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan 477–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, 9-songa ilova; 2001 yil, № 1–2, 11-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda; 2008 yil, № 4, 185-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 332-modda; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 335-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda) 53-moddasining beshinchi qismi «imzo tashkilot muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

14-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan 478–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Xo’jalik protsessual kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 234-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 2001 yil, № 1–2, 11-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 7, 373-modda; 2007 yil, № 8, 367-modda; 2008 yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 6, 231-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 23-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«4) ushbu Kodeksning 15519-moddasida ko’rsatilgan korporativ nizolar bo’yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno»;

2) 24-moddaning 9-bandi «hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish» degan so’zlardan keyin «mansabdor shaxslarning shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

3) 31-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Korporativ nizolar bo’yicha da’volar yuridik shaxs joylashgan joyda taqdim etiladi»;

4) 51-moddaning ikkinchi qismi «tashkilotning muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

5) 76-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Davlat organi, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan noqonuniy hujjat qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan g’ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik sub’ektiga etkazilgan zararlarning o’rnini qoplash to’g’risidagi da’volarni ko’rishda sud da’vogarning arizasi bo’yicha da’voni ta’minlash choralarini ko’rishi shart»;

ikkinchi – oltinchi qismlari tegishincha uchinchi – ettinchi qismlar deb hisoblansin;

6) 77-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 41-band bilan to’ldirilsin:

«41) davlat organining, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini to’xtatib turish»;

7) 116-moddaning uchinchi qismidagi «o’n» degan so’z «besh» degan so’z bilan almashtirilsin;

8) 122-moddaning birinchi qismidagi «o’n» degan so’z «besh» degan so’z bilan almashtirilsin;

9) 125-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Davlat organining, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, mansabdor shaxsning shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to’g’risidagi ish ishni sudda ko’rishga tayyorlash to’g’risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab o’n besh kundan ortiq bo’lmagan muddatda ko’rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak»;

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

10) 143-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 3-band bilan to’ldirilsin:

«3) qabul qilingan hujjat tufayli etkazilgan zararlarning o’rnini qoplash lozimligi to’g’risidagi ko’rsatma, shunday talablar mavjud bo’lgan taqdirda»;

11) 15515-modda birinchi qismining 1 va 2-bandlaridagi «va davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnomaning» degan so’zlar chiqarib tashlansin;

12) quyidagi mazmundagi 204-bob bilan to’ldirilsin:

«204-bob. Korporativ nizolar bo’yicha ish yuritish

15519-modda. Korporativ nizolar bo’yicha ishlar

Sud quyidagi korporativ nizolarni hal qiladi:

1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog’liq nizolar;

2) xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning, ulushlarning, kooperativlar a’zolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bog’liq nizolar, bundan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni, ulushlarni, kooperativlar a’zolarining paylarini o’z ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini bo’lish bilan bog’liq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;

3) yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, a’zolarining) (bundan buyon matnda yuridik shaxs ishtirokchilari deb yuritiladi) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo’llash haqidagi da’volari bo’yicha nizolar;

4) qimmatli qog’ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan davlat organlarining va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi), emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qog’ozlar chiqarish (qo’shimcha ravishda chiqarish) natijalari bo’yicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bog’liq nizolar;

5) qimmatli qog’ozlarni nominal saqlovchilarning aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlarni hisobga olish, qimmatli qog’ozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qog’ozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;

6) yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risidagi nizolar;

7) yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to’g’risidagi nizolar.

Sud qonun hujjatlarida o’z vakolatlariga kiritilgan boshqa korporativ nizolarni ham hal qiladi.

15520-modda. Korporativ nizolar bo’yicha ishlarni ko’rib chiqish tartibi

Korporativ nizolar bo’yicha ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo’yicha, mazkur bobda belgilangan o’ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda ko’rib chiqiladi.

15521-modda. Korporativ nizo bo’yicha da’vo arizasiga doir talablar

Korporativ nizo bo’yicha da’vo arizasi ushbu Kodeksning 112-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo’lishi lozim.

Da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 114-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan eri (pochta manzili) haqidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan hujjat ilova qilinadi.

15522-modda. Korporativ nizolar bo’yicha da’voni ta’minlash choralari

Korporativ nizolar bo’yicha da’voni ta’minlash choralari ushbu Kodeksning 
7-bobida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan ko’riladi»;

13) 187-moddaning 3-bandidagi «agar qabul qilingan hal qiluv qarori va qaror etarlicha asoslanmagan bo’lsa» degan so’zlar «ushbu Kodeks 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo’lgan taqdirda» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

14) 188-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to’ldirilsin:

«9) xo’jalik sudi arz qilingan talab bo’yicha qaror qabul qilmagan bo’lsa».

15-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Qishloq xo’jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to’g’risida»gi 535–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 1, 4-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda) 19-moddasi uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi «muhrlari va shtamplari» degan so’zlardan keyin «(muhrlar va shtamplar mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

16-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 82-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda) 36-moddasi birinchi qismining 10-bandidagi «ikki yil» degan so’zlar «uch yil» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

17-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi 602–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 9, 162-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 3, 119-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 9, 248-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda) 30-moddasining ikkinchi qismidagi «moliya-xo’jalik» degan so’zlar chiqarib tashlansin.

18-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi 604–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 88-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2010 yil, № 9, 334-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda) 9-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Dehqon xo’jaligining er uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo’yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, faqat boshqa teng qimmatli er uchastkasi berilib, dov-daraxtlarning, buzilayotgan binolar va inshootlarning bozor qiymati qoplangandan keyin yoxud ular boshqa joyga ko’chirilgandan yoki o’zga binolar va inshootlar qurilgandan keyin hamda boshqa barcha zararlarning (boy berilgan foydani qo’shgan holda) o’rni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda to’la hajmda qoplangandan keyin yo’l qo’yiladi».

19-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida»gi 670–I-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 170-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) quyidagi qo’shimcha va o’zgartish kiritilsin:

1) 18-moddaning ikkinchi qismi «muhr bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

2) 21-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Taraflar xo’jalik shartnomalarini tuzish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasini olishga haqli».

20-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 4-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 260-modda; 2007 yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 365-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Er uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo’yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo’lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning tanlovi bo’yicha va taraflar kelishuviga ko’ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo’lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo’lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to’lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymati to’liq hajmda to’lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo’lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo’lgan taqdirda esa, bu farq uy-joy berilgan yoki er uchastkasiga bo’lgan huquq berilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim»;

2) 28-modda:

nomining ruscha matnidagi «pri snose domov» degan so’zlar «pri snose jilx domov» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo’yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo’lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning tanlovi bo’yicha Yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida er uchastkasi beriladi. Bunda er uchastkasini o’zlashtirish davriga uch yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylarning (kvartiralarning), imoratlarning, inshootlarning va ko’chirib tashlangan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qo’yilayotgan er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo’lgan taqdirda er uchastkalariga bo’lgan huquqlarning bozor qiymatlari o’rtasidagi farqlar to’liq hajmda qoplanadi»;

3) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo’lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun ularning tanlovi bo’yicha yangi joyda teng qimmatli uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda ko’chirib tashlanayotgan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qo’yilayotgan er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan er uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo’lgan taqdirda berilayotgan va olib qo’yilayotgan er uchastkalariga bo’lgan huquqlarning bozor qiymatlari o’rtasidagi farq pul bilan to’liq hajmda qoplanadi».

21-modda. O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan «Baholash faoliyati to’g’risida»gi 811–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 208-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2009 yil, № 4, 135-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) 17-moddasining ettinchi qismi «mazkur tashkilotning muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

22-modda. O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida»gi 813–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 210-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda) 9-moddasining to’rtinchi qismidagi «o’n kun muddat» degan so’zlar «uch kun muddat» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

23-modda. O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi 69–II-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan O’RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 5, 133-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341, 343-moddalar) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 5-modda:

to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferentsiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qo’llaniladi»;

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to’ldirilsin:

«Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferentsiyalarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik sub’ektlari uchun imtiyozlar va preferentsiyalarning yagona reestrida e’lon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.

O’zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik sub’ektlari uchun imtiyozlar va preferentsiyalarning yagona reestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;

beshinchi qismi ettinchi qism deb hisoblansin;

2) 6-modda:

ikkinchi qismidagi «xodimlarni yollash huquqisiz» degan so’zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Yakka tartibdagi tadbirkor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli»;

uchinchi oltinchi qismlari tegishincha to’rtinchi ettinchi qismlar deb hisoblansin;

3) 24-moddaning to’rtinchi qismidagi «qonun hujjatlarida» degan so’zlar «qonunda» degan so’z bilan almashtirilsin;

4) 25-moddaning to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Dehqon xo’jaligining er uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo’yishga faqat boshqa teng qimmatli er uchastkasi berilib, dov-daraxtlarning, buzilayotgan binolar va inshootlarning bozor qiymati qoplangandan keyin yoxud ular boshqa joyga ko’chirilgandan yoki o’zga binolar va inshootlar qurilgandan keyin hamda boshqa barcha zararlarning (boy berilgan foydani qo’shgan holda) o’rni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda to’la hajmda qoplangandan keyin yo’l qo’yiladi»;

5) quyidagi mazmundagi 301-modda bilan to’ldirilsin:

«301-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llashning kafolatlari

Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida berilgan imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llash tartibini o’z vakolatlari doirasida tushuntirishi, shuningdek ularning qo’llanilishini ta’minlashi shart»;

6) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta, faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan o’tkazilishi mumkin.

Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.

Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi, ushbu moddaning to’rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining byudjet mablag’laridan hamda markazlashtirilgan mablag’lar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o’tkazish muddatlari o’ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.

Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlarni o’tkazish muddatlari o’n kalendar kundan oshmasligi kerak.

Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv o’tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o’tkazish boshlanishidan kamida o’ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’ektini tekshiruv o’tkazish muddatlari va predmetini ko’rsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, ular tekshiruvlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlagan taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’ekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub’ektining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo’lgan boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida o’tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo’yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.

Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining o’tkazilayotgan tekshiruvlari ularning to’laqonli faoliyat ko’rsatishi uchun to’siqlarni yuzaga keltirmasligi kerak.

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari birlashmalarining a’zosi bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining so’roviga ko’ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Qo’zg’atilgan jinoyat ishlari bo’yicha tekshiruvlar ularni o’tkazishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ushbu huquqning rad etilishi hollari bundan mustasno) amalga oshiriladi.

Tekshirish boshlanishidan oldin, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik sub’ektining vakolatli vakiliga uning tekshirishda ishtirok etish uchun advokatni jalb etish yoki uning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntiriladi, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlaridan foydalanish huquqining rad etilishi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlariga jalb etish uchun monelik qilmaydi.

Bozorlar, savdo majmualari hududlaridagi va ularga tutash, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylaridagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini bir martalik yig’im, ijara haqining to’liq tushishi hamda ularning topshirilishi hisobga olinishi, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, to’lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo’yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishi, shuningdek savdo va xizmat ko’rsatish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo’linmalari tomonidan mazkur bo’linmalar boshliqlarining buyruqlari asosida o’tkazilib, keyinchalik bu haqda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo’linmasi qisqa muddatli tekshiruv o’tkazilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi.

Qo’zg’atilgan jinoyat ishining mavjudligi O’zbekiston Respublikasining prokuratura, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o’tkazish uchun asos bo’ladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’ektining faqat qo’zg’atilgan jinoyat ishi bilan bog’liq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tekshiruv o’tkazish uchun asosga ega bo’lmagan shaxslarning tekshiruv o’tkazishiga yo’l qo’ymaslik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning o’z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha qo’ygan talablarini bajarmaslik hamda tekshiruv predmetiga taalluqli bo’lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.

Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektida qoldiriladi».

24-modda. O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi 71–II-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 142-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011 yil, № 9, 245-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 14-modda birinchi qismining:

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

to’rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va to’rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 22-moddaning beshinchi qismidagi «o’n kun muddat» degan so’zlar «uch kun muddat» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

25-modda. O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida»gi 258II-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 910, 169-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) 485-moddasi oltinchi qismining to’rtinchi xatboshisi «ular muhri bilan» va «o’z muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

26-modda. O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan «Xo’jalik shirkatlari to’g’risida»gi 308II-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 1, 8-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 7, 325-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda) 3-moddasiga quyidagi qo’shimchalar kiritilsin:

to’qqizinchi qismdagi «Xo’jalik shirkati» degan so’zlar «Kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lmagan xo’jalik shirkati» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

o’ninchi qism quyidagi mazmundagi jumla bilan to’ldirilsin:

«Kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lgan xo’jalik shirkati muhrga ega bo’lishga haqli».

27-modda. O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan «Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi 310II-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 1, 10-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda) quyidagi qo’shimchalar va o’zgartish kiritilsin:

1) 5-moddaning:

to’rtinchi qismidagi «Jamiyat» degan so’z «Kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lmagan jamiyat» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to’ldirilsin:

«Kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lgan jamiyat muhrga ega bo’lishga haqli»;

2) 7-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bitta shaxsdan iborat boshqa jamiyatga ega bo’lishi mumkin emas, bir aktsiyadordan iborat aktsiyadorlik jamiyati jamiyatning yagona ishtirokchisi bo’lgan hollar bundan mustasno».

28-modda. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan «Xususiy korxona to’g’risida»gi 558II-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 12, 8-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 3, 119-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2011 yil, № 9, 248-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lmagan xususiy korxona o’zining to’liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan eri ko’rsatilgan muhrga ega bo’lishi kerak. Muhrda ayni paytning o’zida uning firma nomi boshqa tilda ham ko’rsatilishi mumkin. Kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lgan xususiy korxona muhrga ega bo’lishga haqli»;

2) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Xususiy korxonalarning – kichik tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini rejali tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa xususiy korxonalarning faoliyatini tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.

YAngi tashkil etilgan xususiy korxonalarning – kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o’tkazilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar – kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek xususiy korxonalar – kichik tadbirkorlik sub’ektlarining byudjet mablag’laridan hamda markazlashtirilgan mablag’lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o’tkazilmaydi».

29-modda. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan «Elektron raqamli imzo to’g’risida»gi 562II-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 12, 12-modda) 6-moddasiga quyidagi qo’shimcha va o’zgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to’ldirilsin:

«O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi ro’yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga ega bo’lgan shaxslar davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko’rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalana oladi»;

beshinchi qism oltinchi qism deb hisoblansin.

30-modda. O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan «Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida»gi 702II-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 6-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 9, 334-modda) 7-moddasiga quyidagi qo’shimcha va o’zgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirilsin:

«YUridik va jismoniy shaxslar jamg’arib boriladigan pensiya tizimiga fuqarolarni hisobga qo’yish, shuningdek shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish uchun O’zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishga haqli»;

uchinchi beshinchi qismlar tegishincha to’rtinchi oltinchi qismlar deb hisoblansin.

31-modda. O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 12 aprelda qabul qilingan «Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to’g’risida»gi O’RQ32-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 158-modda) 21-moddasining ikkinchi qismi «muhr bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

32-modda. O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 sentyabrda qabul qilingan «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi O’RQ53-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 495-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) 10-moddasiga quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

uchinchi va to’rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to’rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

33-modda. O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 21 sentyabrda qabul qilingan «Soliq maslahati to’g’risida»gi O’RQ55-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 497-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2012 yil, № 1, 2-modda) 13-moddasining to’rtinchi qismi «muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

34-modda. O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 4 oktyabrda qabul qilingan «Ipoteka to’g’risida»gi O’RQ58-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 535-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar) 42-moddasining ikkinchi qismi «muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

35-modda. O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 mayda qabul qilingan «Homiylik to’g’risida»gi O’RQ96-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 5, 218-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda) quyidagi qo’shimchalar va o’zgartish kiritilsin:

1) 5-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari o’tgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar ular biznes-rejasining o’tgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi ko’rsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi»;

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to’rtinchi qismlar deb hisoblansin;

2) quyidagi mazmundagi 51-modda bilan to’ldirilsin:

«51-modda. Olingan homiylik xayriyalarini hisobga olish va ular to’g’risidagi axborotni oshkor etish

Homiylik oluvchilar (yuridik shaxslar va Yakka tartibdagi tadbirkorlar):

olingan homiylik xayriyalarining hisobini yuritishi;

homiylik xayriyalari olingan kundan e’tiboran o’n kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek mavjud bo’lgan taqdirda o’z rasmiy veb-saytlarida olingan homiylik xayriyalari to’g’risidagi axborotni oshkor etishi shart».

36-modda. O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O’RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlanganO’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 18-modda:

matnidagi «xodimlarni yollash huquqisiz» degan so’zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Yakka tartibdagi tadbirkor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli»;

2) 44-moddaning ikkinchi qismidagi «yuridik shaxs» degan so’zlar «kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lmagan yuridik shaxs» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

3) 64-modda ettinchi qismining oltinchi xatboshisi «muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

4) 89-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Soliq tekshiruvini tayinlash to’g’risidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan to’xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o’tkazish muddatini hisoblash ham to’xtatiladi»;

5) 91-moddaning o’n birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to’ldirilsin:

«Bunda tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish o’tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko’p bo’lmagan davrni qamrab oladi»;

6) 95-moddaning to’qqizinchi va o’ninchi qismlari «muhri bilan» degan so’zlardan keyin «(muhr mavjud bo’lgan taqdirda)» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

7) 108-modda:

sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Soliq to’lovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, jarima tarzidagi moliyaviy sanktsiyalar uncha og’ir bo’lmagan moliyaviy sanktsiyani og’irroq jarima bilan qamrab olish yoxud tayinlangan jarimalarni to’liq yoki qisman qo’shish orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui bo’yicha qo’llaniladi. Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori jarimaning yuqori miqdori nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan eng ko’p miqdordan oshishi mumkin emas»;

quyidagi mazmundagi to’qqizinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Agar soliq to’lovchi birinchi ish bo’yicha qaror chiqarilguniga qadar soliqqa oid yana boshqa huquqbuzarliklar sodir etganligi ish bo’yicha qaror chiqarilganidan so’ng aniqlansa, ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo’yicha jarima qo’llaniladi. Bu holda, sud tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui bo’yicha tayinlangan jarima miqdorida birinchi qaror bo’yicha to’langan jarimaning summasi hisobga olinadi»;

to’qqizinchi qismi o’ninchi qism deb hisoblansin;

8) 112-modda:

quyidagi mazmundagi to’rtinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Qo’llaniladigan moliyaviy sanktsiya huquqbuzarlikning oqibatlariga nomutanosib bo’lgan, javobgarlikni engillashtiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, shuningdek huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olib, sud ushbu Kodeksning 17-bobida nazarda tutilgan moliyaviy sanktsiyaning eng kam darajasidan ham kamroq, biroq belgilangan sanktsiya eng kam miqdorining 25 foizidan kam bo’lmagan miqdorda, sabablar va asoslarni albatta ko’rsatgan holda moliyaviy sanktsiya qo’llashga haqli»;

to’rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;

9) 114-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Kirim qilinmagan tovarlar qo’zg’atilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida davlat daromadiga o’tkazilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sanktsiya qo’llanilmaydi»;

ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to’rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

10) 180-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to’ldirilsin:

«9) Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan shaxslar – Yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ko’ra bajargan ishlari uchun olgan daromadlari bo’yicha»;

11) 276-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jismoniy shaxslar soliq solish ob’ektlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalangan yoxud bu ob’ektlar yuridik shaxsga yoki Yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan yashash uchun mo’ljallanmagan joylar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun foydalangan taqdirda, mol-mulk solig’i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi»;

12) 291-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan er uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, Yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki Yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda jismoniy shaxslardan er solig’i yuridik shaxslardan olinadigan er solig’ini to’lash uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi hamda ularga ushbu Kodeksning 290-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona er uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun foydalangan taqdirda, er solig’i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi»;

13) 311-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sug’urta badallari soliq to’lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, majburiy tartibda quyidagicha to’lanadi:

1) Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda;

2) Yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda Yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) – oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosi tomonidan – oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda;

oilaning boshqa a’zolari tomonidan (o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar bundan mustasno) – oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida.

YUridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari sug’urta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga eng kam ish haqining to’rt yarim baravaridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydi. Belgilangan miqdordagi sug’urta badallarining to’lanishi dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko’rsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi bo’lgan shaxslar uchun sug’urta badalining miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozga bo’lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki bekor bo’lgan taqdirda, sug’urta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan yoki bekor bo’lgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

Sug’urta badallarini to’lash quyidagicha amalga oshiriladi:

ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan shaxslar tomonidan – har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay;

yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari tomonidan – hisobot yilining 1 oktyabrigacha. Bunda sug’urta badallarining miqdori to’lov kuniga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

YAngi ro’yxatdan o’tgan Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan sug’urta badallarini to’lash ular Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.

Sug’urta badallarini to’lash majburiyati quyidagilarning:

yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolari uchun – oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish yuritadigan, Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosining;

Yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun – ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan Yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi.

To’lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to’lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va to’lov to’lanayotgan davr albatta ko’rsatilishi shart. Bunda oila a’zolari – oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan Yakka tartibdagi tadbirkorlar bo’yicha to’lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a’zosi uchun va Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to’lov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr ko’rsatilmagan bo’lsa, to’lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo’jaliklari a’zolari uchun – yil) uchun to’langan deb hisoblanadi.

Qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar sug’urta badallarini jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyada ko’rsatilgan mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sug’urta badallarini to’lash haqida jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda to’laydi.

Ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko’rsatilgan shaxslar tomonidan sug’urta badallarini to’lash jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya ma’lumotlari bo’yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lash muddatlarida amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning sug’urta badallarini to’lash bo’yicha majburiyati O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Sug’urta badallarini to’lash ushbu Kodeks 310-moddasining to’rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati mazkur Kodeksning 373-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda vaqtinchalik to’xtatilganligi to’g’risida davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot Yakka tartibdagi tadbirkor o’z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun sug’urta badalini hisoblashni to’xtatib turish uchun asos bo’ladi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari Yakka tartibdagi tadbirkor o’z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga sug’urta badallarini hisoblashni to’xtatib turish uchun asos bo’ladi.

Agar faoliyatini to’xtatgan Yakka tartibdagi tadbirkor Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini davlat soliq xizmati organiga belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, Yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo’yicha sug’urta badallarini hisoblash to’xtatilmaydi»;

14) 329-modda quyidagi mazmundagi 37-band bilan to’ldirilsin:

«37) mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan»;

15) 330-modda quyidagi mazmundagi 30 va 31-bandlar bilan to’ldirilsin:

«30) mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;

31) arizachi va javobgar – huquqiy ta’sir choralarini qo’llash to’g’risidagi ishlar bo’yicha»;

16) 373-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to’ldirilsin:

«Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda topshiradi»;

17) quyidagi mazmundagi 3741-modda bilan to’ldirilsin:

«3741-modda. Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi Yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni ushbu moddada nazarda tutilgan o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, mazkur bobda belgilangan tartibga muvofiq to’laydi.

Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga uning har bir xodimi uchun Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq to’lash majburiyati yuklatiladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir nechta turini amalga oshirgan taqdirda, Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy belgilangan soliq faoliyatning tegishli turlari uchun o’rnatilgan qat’iy belgilangan soliqning eng yuqori stavkasining 
30 foizi miqdorida to’lanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish mazkur faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan faoliyat turi bilan shug’ullangan taqdirda, Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy belgilangan soliq bitta fizik ko’rsatkich uchun oyiga o’rnatilgan qat’iy belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida to’lanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy belgilangan soliq qat’iy belgilangan soliqni Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to’lash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab to’lanadi.

Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro’yxatidan o’tish joyi bo’yicha amalga oshirmayotgan Yakka tartibdagi tadbirkor Yakka tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy belgilangan soliqni o’zi ro’yxatdan o’tkazilgan joy va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joy bo’yicha belgilangan stavkalar o’rtasidagi yuqori stavkaning 30 foizi miqdorida o’zi ro’yxatdan o’tkazilgan joyga to’laydi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun hisobga olish kartochkalari Yakka tartibdagi tadbirkor o’z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun har bir yollangan xodimga qat’iy belgilangan soliqni hisoblashni to’xtatib turishga asos bo’ladi.

Agar o’z faoliyatini to’xtatgan Yakka tartibdagi tadbirkor davlat soliq xizmati organiga Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkalarini belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, Yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblash to’xtatilmaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Yakka tartibdagi tadbirkorning kasb-hunar kolleji bitiruvchisi bo’lgan xodimi uchun qat’iy belgilangan soliqni to’lashdan ushbu xodim kollejni tamomlaganidan e’tiboran o’n ikki oy mobaynida ozod etiladi.

Agar Yakka tartibdagi tadbirkor qat’iy belgilangan soliqni to’lashdan qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ozod etilsa, mazkur imtiyoz Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy belgilangan soliq to’lashga ham tatbiq etiladi».

37-modda. O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 4 oktyabrda qabul qilingan «Kredit axboroti almashinuvi to’g’risida»gi O’RQ301-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 10, 271-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) 7-moddasiga quyidagi qo’shimchalar kiritilsin:

uchinchi qismidagi «Kredit byurosi» degan so’zlar «Kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lmagan kredit byurosi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to’ldirilsin:

«Kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lgan kredit byurosi muhrga ega bo’lishga haqli».

38-modda. O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Raqobat to’g’risida»gi O’RQ–319-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 1, 5-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda) 18-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «yuridik shaxs uchun – barcha o’zgartishlar hisobga olingan ta’sis hujjatlarining ko’chirma nusxalarini yoki» degan so’zlar chiqarib tashlansin.

39-modda. O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 aprelda qabul qilingan «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi O’RQ327-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 4, 111-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) 27-moddasining birinchi qismidagi «moliya-xo’jalik» degan so’zlar chiqarib tashlansin.

40-modda. O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 24 sentyabrda qabul qilingan «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi O’RQ–336-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 9/2, 245-modda) quyidagi o’zgartishlar va qo’shimcha kiritilsin:

1) 19-moddaning oltinchi qismidagi «agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa» degan so’zlar chiqarib tashlansin;

2) 24-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Quyidagi ko’char va ko’chmas mol-mulk xususiylashtirilgan korxonalarning mol-mulki deb e’tirof etiladi (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar bundan mustasno):

xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan ko’char va ko’chmas mol-mulk;

xususiylashtirishni amalga oshirish paytida tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan ko’char va ko’chmas mol-mulk»;

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.

41-modda. O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 17 dekabrda qabul qilingan «Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi O’RQ339-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 12, 330-modda) 20-moddasining ikkinchi qismi «kundan» degan so’zdan keyin «moliya-xo’jalik faoliyatiga bog’liq bo’lmagan rejali tekshirishlar esa o’n kalendar kundan» degan so’zlar bilan to’ldirilsin.

42-modda. O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 20 dekabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida»gi O’RQ341-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 12, 332-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda) quyidagi o’zgartishlar va qo’shimcha kiritilsin:

1) 14-modda birinchi qismining:

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

to’rtinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

2) 18-moddaning beshinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to’ldirilsin:

«Bunda shaxs faoliyat bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug’ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas».

43-modda. O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 4 oktyabrda qabul qilingan «Muvofiqlikni baholash to’g’risida»gi O’RQ–354-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 10, 262-modda) 21-moddasining birinchi qismiga quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

to’rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to’rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

44-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti

I.Karimov

20.08.2015 y.
№ O’RQ-391

Onlayn so'rovnoma

Saytimizni qanday baholaysiz?

Aloqalar

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Bektemir shoh ko’chasi, 196 - uy
Telefon: (+99895) 144-47-04
Faks: (+99871) 231-96-06
E-mail: info@alliance-leasing.uz