foto1
Muvaffaqiyatga hamkorlik orqali!
foto1
Lizing texnikasi kichik va o'rta biznesga ko’makdir
foto1
Biz Sizning biznesingiz muvaffaqiyati uchun eng qisqa yo'l
foto1
Minimal xavf bilan maksimal maqsad sari
foto1
Hozirgi zamonni rivojlantirib, kelajakni shakllantiramiz

Xush kelibsiz!

Hurmatli xonimlar va janoblar, hamda kompaniyamiz hamkorlari va mijozlari!

Saytimizga tashrif buyurganingizdan bag’oyat xursandmiz. Uni ishlab chiqish jarayonida xizmatlarimiz haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etish va ularni imkon qadar hammabop bo’lishi uchun biz barcha sa’y-harakatlarimizni ishga soldik.

«ALLIANCE-LEASING» AJ – bu universal lizing kompaniyasi bo’lib, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini barqaror yuritayotgan korxonalar bilan o’zaro hamkorlik qilish maqsadida ularga lizing berish bo’yicha o’z moliyaviy xizmatlarini taklif etadi.

Bizning kompaniyamiz – bu kuchli boshqaruvga ega bir jamoa bo’lib, hatto eng oddiy g’oyani katta muffaqiyatlarga eltuvchi g’oyaga aylantira oladi. Shunday ekan, orzuingiz ro’yobini bizga qo’yib bering.

Bizning jamoamiz siz hozirgi kunda ehtiyoj sezayotgan jihatlarni e’tiborga oladi. Chunki kompaniyamiz faoliyati lizing oluvchilarga tez va samarali xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan. Ijodiy yondashuv va yangicha fikrlash tarzi biznesingiz rivoji uchun turtki berishi shubhasiz. Erishilgan marralarda to’xtab qolmang – olg’a yuring – biz bilan qadam tashlang va sizga albatta omad kulib boqadi! Biz sizga ishonamiz – birgalikda esa biz katta kuchmiz!

Jamoamiz mutaxassislari biznesingiz yanada gullab-yashnashi yo’lida barcha niyat va maqsadlaringizni ro’yabga chiqarishga yordam beradilar. Bizning shiorimiz – bu har bir mijozga e’tiborli munosabatda bo’lish.

Sizning muvaffaqiyatingiz – bu bizning muvaffaqiyatimiz.

Bizning shiorimiz:

MUVAFFAQIYATGA HAMKORLIK ORQALI!

Biz iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun intilayotgan, o’z loyihalarini amalga oshirish maqsadida bizning moliyaviy ko’magimizga ehtiyoj sezayotgan va iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yangi hamkorlar va mijozlarlarni hamhorlikka chorlaymiz.

Umid qilamizki, saytimizga qilgan tahrifingiz o'zaro manfaatli hamkorlik va taraqqiyot yo’lidagi ilk qadam bo’lib xizmat qiladi.

Hurmat bilan,

«ALLIANCE-LEASING» AJ



Moliyaviy lizing

Mulkka egalik qilish huquqining keyinchalik Lizing oluvchiga o’tishi bilan Lizing beruvchi mablag’lari hisobiga ko’chuvchi va ...

Batafsil

Qaytib beriladigan lizing

Lizing oluvchi egalik qilayotgan mulkni sotish va sotib olish yo’li bilan lizing oluvchining aylanma kapitalini to’ldirish.

Batafsil

Ko’chmas mulk lizingi

Ko’chmas mulk lizingi – moliya bozoridagi nisbatan yangi mahsulot hisoblanadi.

Batafsil

Avtolizing

Xorijiy va milliy valyuta - so’mga xarid qilinadigan avtotransport vositalari (yengil va yuk mashinalari)ni sotib olishni moliyalashtirish.

Batafsil

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan banklarning depozit va foiz siyosati, taklif etilayotgan omonatlar va ularning afzalliklari, bank resurs bazasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Prezidentimiz rahnamoligida tizimda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotgani, aholining omonatga qo‘yilgan mablag‘lari barcha turdagi soliqlardan ozod qilingani, ularning manbalari deklaratsiya qilinmasligi hamda omonatlarning qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlangani alohida ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining 2008-yil 31-oktabrdagi “Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori moliya muassasalarini yanada rivojlantirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb etishda banklar uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimiz tijorat banklari milliy va chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda ikki yuz ellikdan ortiq omonat turini taklif etmoqda. Barcha tijorat banklariga naqd va naqdsiz shakldagi mablag‘larni 1, 3, 6 va 12 oy hamda undan uzoq muddatga qo‘yish mumkin. Omonat turlarida boshlang‘ich badal miqdori cheklanmaydi. Ayrimlarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ko‘paytirish imkoniyati mavjud.

Bankka qo‘yilgan omonatlarning sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanishidan tashqari ularni himoyalash ham doimiy e’tiborda. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni aholini ijtimoiy muhofaza qilish, tijorat banklariga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qilayotir.

Markaziy bankning matbuot xizmatidan ma’lum qilishicha, omonat turlari barcha yoshdagi aholi qatlamlarini qamrab olmoqda. Tijorat banklarining depozitlari hajmi yil sayin ortib bormoqda. So‘nggi besh yilda banklardagi depozitlar qoldig‘ining o‘sish sur’ati yiliga 30 foizdan yuqori bo‘lmoqda. Bu aholining real daromadlari o‘sayotgani va ularning moliya muassasalariga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir.

Matbuot anjumanida joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha bank tizimining barcha ko‘rsatkichlari, xususan, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning depozitlari hajmi o‘sgani qayd etildi. Jumladan, «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki ham omonatlarni jalb qilish bo‘yicha bir qator yutuqlarga erishmoqda. Hozir bank omonatchilari soni bir million uch yuz ming nafardan oshdi.

– Bankimizda qirqdan ko‘proq omonat turi mavjud bo‘lib, yigirma beshtasiga milliy, o‘n yettitasiga xorijiy valyutada mablag‘lar qabul qilinadi, – deydi «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining omonat operatsiyalari boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Mirboboyev. – Amalga oshirilgan izchil izlanishlar tufayli bankimizdagi jismoniy shaxslarning hisobraqamlaridagi mablag‘lar qoldig‘i keyingi uch yilda 443 milliard so‘mga ko‘paydi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari javob berdi.

 

  Ma'lumot manbai: uza.uz

Onlayn so'rovnoma

Saytimizni qanday baholaysiz?

Aloqalar

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Bektemir shoh ko’chasi, 196 - uy
Telefon: (+99895) 144-47-04
Faks: (+99871) 231-96-06
E-mail: info@alliance-leasing.uz