foto1
Muvaffaqiyatga hamkorlik orqali!
foto1
Lizing texnikasi kichik va o'rta biznesga ko’makdir
foto1
Biz Sizning biznesingiz muvaffaqiyati uchun eng qisqa yo'l
foto1
Minimal xavf bilan maksimal maqsad sari
foto1
Hozirgi zamonni rivojlantirib, kelajakni shakllantiramiz

Xush kelibsiz!

Hurmatli xonimlar va janoblar, hamda kompaniyamiz hamkorlari va mijozlari!

Saytimizga tashrif buyurganingizdan bag’oyat xursandmiz. Uni ishlab chiqish jarayonida xizmatlarimiz haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etish va ularni imkon qadar hammabop bo’lishi uchun biz barcha sa’y-harakatlarimizni ishga soldik.

«ALLIANCE-LEASING» AJ – bu universal lizing kompaniyasi bo’lib, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini barqaror yuritayotgan korxonalar bilan o’zaro hamkorlik qilish maqsadida ularga lizing berish bo’yicha o’z moliyaviy xizmatlarini taklif etadi.

Bizning kompaniyamiz – bu kuchli boshqaruvga ega bir jamoa bo’lib, hatto eng oddiy g’oyani katta muffaqiyatlarga eltuvchi g’oyaga aylantira oladi. Shunday ekan, orzuingiz ro’yobini bizga qo’yib bering.

Bizning jamoamiz siz hozirgi kunda ehtiyoj sezayotgan jihatlarni e’tiborga oladi. Chunki kompaniyamiz faoliyati lizing oluvchilarga tez va samarali xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan. Ijodiy yondashuv va yangicha fikrlash tarzi biznesingiz rivoji uchun turtki berishi shubhasiz. Erishilgan marralarda to’xtab qolmang – olg’a yuring – biz bilan qadam tashlang va sizga albatta omad kulib boqadi! Biz sizga ishonamiz – birgalikda esa biz katta kuchmiz!

Jamoamiz mutaxassislari biznesingiz yanada gullab-yashnashi yo’lida barcha niyat va maqsadlaringizni ro’yabga chiqarishga yordam beradilar. Bizning shiorimiz – bu har bir mijozga e’tiborli munosabatda bo’lish.

Sizning muvaffaqiyatingiz – bu bizning muvaffaqiyatimiz.

Bizning shiorimiz:

MUVAFFAQIYATGA HAMKORLIK ORQALI!

Biz iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun intilayotgan, o’z loyihalarini amalga oshirish maqsadida bizning moliyaviy ko’magimizga ehtiyoj sezayotgan va iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yangi hamkorlar va mijozlarlarni hamhorlikka chorlaymiz.

Umid qilamizki, saytimizga qilgan tahrifingiz o'zaro manfaatli hamkorlik va taraqqiyot yo’lidagi ilk qadam bo’lib xizmat qiladi.

Hurmat bilan,

«ALLIANCE-LEASING» AJ



Moliyaviy lizing

Mulkka egalik qilish huquqining keyinchalik Lizing oluvchiga o’tishi bilan Lizing beruvchi mablag’lari hisobiga ko’chuvchi va ...

Batafsil

Qaytib beriladigan lizing

Lizing oluvchi egalik qilayotgan mulkni sotish va sotib olish yo’li bilan lizing oluvchining aylanma kapitalini to’ldirish.

Batafsil

Ko’chmas mulk lizingi

Ko’chmas mulk lizingi – moliya bozoridagi nisbatan yangi mahsulot hisoblanadi.

Batafsil

Avtolizing

Xorijiy va milliy valyuta - so’mga xarid qilinadigan avtotransport vositalari (yengil va yuk mashinalari)ni sotib olishni moliyalashtirish.

Batafsil

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida sanoat korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng jalb etish orqali ishlab chiqarish hajmi va eksport salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Buni Navoiy shahridagi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Keyingi yillarda korxonada amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari samarasida ishlab chiqarish quvvati oshdi. O‘tgan yilning dekabr oyida korxonada qiymati 30 milliard so‘mlik 7- sement tegirmoni ishga tushirildi. Bu qo‘shimcha ravishda yiliga 350 ming tonna sement tayyorlash imkonini berdi. Shuningdek, joriy yilning birinchi choragida eksportbop ohak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Yangi tarmoqda yiliga 56 ming tonna qurilishbop ohak ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimizning 2010-yil 15-dekabrdagi “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar korxona faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq zarur xomashyo turlarini o‘zlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Xususan, yarim tayyor mahsulot – klinker tayyorlanuvchi aylanma pechlarni futerovkalashda ishlatiladigan shamotli g‘ishtlardan tashqari tamponaj portlandsementi ishlab chiqarish hamda sement tayyorlashda muhim xomashyo sanalgan diabaz-piroksenit tog‘-kon jinsini qazib olish o‘zlashtirildi.

Uch ming 500 dan ziyod ishchi mehnat qilayotgan korxonada o‘tgan yili 3 million 450 ming tonna sement ishlab chiqarildi. Yillik sof daromad qariyb 177 milliard so‘mni tashkil etdi.

– Joriy yil boshida korxonada eksportbop ohak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi bilan 39 doimiy ish o‘rni yaratildi, – deydi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati rahbarining kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Murod Islomov. – Zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilmoqda. Bunda korxonamizning ISO 9001-2008 xalqaro sifat sertifikatiga ega ekani ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bu yerda ishchilar uchun munosib mehnat sharoiti yaratish, ularning mehnat ta’tilini mazmunli o‘tkazishiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Korxona tasarrufidagi sog‘lomlashtirish sanatoriysi jamoa a’zolariga yuqori darajada xizmat ko‘rsatmoqda. “Shabboda” yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ishchi-xizmatchilar farzandlari ixtiyorida.

Bu yil korxona avtoparkiga “Nefaz”, “Howo” kompaniyasi hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan “Isuzu” rusumidagi avtobuslar keltirildi. Tayyor mahsulot va xomashyo tashishga mo‘ljallangan “Howo” hamda “JV MAN Auto – Uzbekistan” zavodida ishlab chiqarilgan “MAN” yuk mashinalari ishlab chiqarish sur’atini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda. Texnikalarni o‘z vaqtida nazoratdan o‘tkazish, ularga namunali servis xizmati ko‘rsatish korxonaning o‘zida amalga oshirilmoqda.

Bog‘dorchilik va boshqa istiqbolli tarmoqlarni muttasil rivojlantirib borish ham doimiy e’tiborda. Nurota tumani hududida joylashgan 100 gektarlik intensiv bog‘da 15 turdagi meva, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirilmoqda. Navbahor tumanidagi yordamchi xo‘jalikda 500 boshdan ortiq qoramol va qo‘y-qo‘zi parvarishlanmoqda. Bu korxona ishchilarini go‘sht, sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

Bular korxonada mehnat samaradorligini, ishchi-xodimlarning manfaatdorligini oshirish, pirovardida xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Ma'lumot manbai: uza.uz

Onlayn so'rovnoma

Saytimizni qanday baholaysiz?

Aloqalar

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Bektemir shoh ko’chasi, 196 - uy
Telefon: (+99895) 144-47-04
Faks: (+99871) 231-96-06
E-mail: info@alliance-leasing.uz